AsosiyJamiyat

Toshkentda odamlarni dacha ijarasi orqali chuv tushirgan firibgarlar qo`lga olindi(video)

'Toshkentda odamlarni dacha ijarasi orqali chuv tushirgan firibgarlar qo`lga olindi(video)'ning rasmi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi R.A. ariza bilan murojaat qilib, "OLX" platformasida "Dacha Chimgan" e`lonini joylagan noma`lum shaxs bilan telegram messenjerida dala hovli ijarasi yuzasidan kelishuv amalga oshirib uning bank kartasiga 700.000 so`m miqdoridagi pullarini o`tkazib berganligini ammo ko`rsatilgan manzilga etib kelganida noma`lum shaxs bilan bog`lanib bo`lmaganidan keyin firibgarlik qurboni bo`lganligini tushunib etganligini ma`lum qilib, firibgarlarga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida, firibgarlik yo`li bilan pullarni o`zlashtirgan shaxslar Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 1999 y.t. F.D. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

F.D. internet tarmog`idagi turli e`lon platformalarida "Dacha Chimgan" deb nomlanuvchi e`lonlar joylashtirib turli bahonalar orqali yana bir nechta fuqarolar pullarini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirib o`z shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborishganligi ma`lum bo`ldi.

Shuningdek, shu turdagi jinoyatlarni amalga oshirgan 2001 y.t. S.S. va 1998 y.t. E.X.lar ham qo`lga olinib ularga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar