Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Xitoyga tashrifi, ehtimol, Rossiya va Xitoyga G`arb sanksiyalarini chetlab o`tishga yordam berish bo`lishi mumkin, deya xabar beradi Amerika urushni o`rganish instituti (ISW).
Institut hisobotida, Xitoy-Belarus savdo, investisiya va keng ko`lamli shartnomalar tuzish rejalashtirilayotgani aytilgan. Qayd etilishicha, qo`shma loyihalar Pekin tomonidan Rossiyaga qurol-yarog` etkazib berish ehtimoli bilan bevosita bog`liq bo`lishi mumkin.
"Ehtimol, Rossiya va Xitoy rasmiylari xalqaro sanksiyalarga duch kelmaslik uchun soxta yuk hujjatlaridan foydalangan holda Rossiyaga uchuvchisiz samolyotlarni etkazib berish rejasini ishlab chiqqandir. Xitoy Belarus bilan kelishuvlardan sanksiyalar rejimi buzilganligini yashirish uchun foydalanishga urinishi mumkin", — deyiladi ISW xabarida.