AsosiyDunyo

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi o`ninchi sanksiyalar paketini tasdiqladi

'Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi o`ninchi sanksiyalar paketini tasdiqladi'ning rasmi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi o`ninchi sanksiyalar paketini, xususan, 121 jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan cheklovchi choralarni tasdiqladi. Bu haqda shanba kuni EI tashqi siyosati rahbari Xosep Borrel ma`lum qildi.

"O`ninchi sanksiyalar paketi qabul qilindi. 121 jismoniy va yuridik shaxs "qora ro`yxatga" kiritildi, import va eksportga nisbatan muhim yangi cheklovlar joriy etildi, Rossiya tashviqoti ommaviy axborot vositalari taqiqlandi", deb yozdi u Twitter sahifasida.

Uning so`zlariga ko`ra, qora ro`yxatga, xususan, harbiy harakatlar zonasidan bolalarni evakuasiya qilishda ishtirok etgan shaxslar kiritilgan. 

"Ro`yxatlarimiz doirasida biz kamida 6 ming ukrainalik bolani deportasiya qilish va majburan asrab olishda aybdorlarni nishonga olmoqdamiz. Bu xalqaro huquqning, jumladan, kecha BMT Xavfsizlik Kengashida gapirgan Jeneva konvensiyasining ochiqdan-ochiq buzilishidir, - deya qo`shimcha qildi u Borrell.

 

 

    Boshqa yangiliklar