AsosiyDunyo

Isroilda 3D printeri orqali suniy go`sht tayyorlanmoqda(video)

'Isroilda 3D printeri orqali suniy go`sht tayyorlanmoqda(video)'ning rasmi

Isroillik olimlar go`shtni 3D-printerlarda  tayyorlashni o`rganishdi. Sun`iy go`sht haqiqiy go`sht bilan bir xil tuzilishga va tamga ega.

"Siz uni kesganizda, u haqiqiy go`shtga juda o`xshaydi. Faqat bu go`shtni haqiqiy go`shtdan bir oz boshqacha pishirishingiz kerak. U juda tez qovuriladi ", dedi oshpaz  Jordan Skler.

Uning tovasidagi bifteklar “go`sht parfyumidan” o`sgan.

“Meva va sabzavot ekstraktidan tabiiy rangga erishdik, – deydi isroillik biomuhandis Aleksey Tomtsov.

Qayd etilishicha, joriy yil oxirigacha “muqobil go`sht” do`konlarda paydo bo`lishi mumkin. Ayni damda har bir vegetarian ham bunga sotib olshga qodir emas, chunki uning kilogrammi 34 dollar turadi.

    Boshqa yangiliklar