Turkiyada zilzila qurbonlari soni 44 374 nafarga etdi. Bu haqda Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish agentligi (AFAD) xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, shu yilning 6 fevralida Turkiya janubi-sharqida va Suriyaning chegaradosh hududida 7,8 magnitudali er qimirlashi sodir bo`lgandi. Zilzila o`chog`i Qahramonmarashdagi Pazarjik tumanida, 7 km chuqurlikda joylashgan. Tabiiy ofatdan eng ko`p talafot ko`rgan va qurbonlar bergan hududlar — Qahramonmarash, Hatay, G`oziantep, Kilis, Osmonie, Malatya, Adiyaman, Shanliurfa, Diyorbenkir, Adana.