AsosiyJamiyat

Toshkentda ikki niqobli yigit pichoq bilan do`konga bostirib kirdi

'Toshkentda ikki niqobli yigit pichoq bilan do`konga bostirib kirdi'ning rasmi

Toshkentda Chorsu bozori yaqinida niqob kiyib, pichoq bilan qurollangan ikki yigit mahalliy do`konlardan birini tunamoqchi bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, ular sotuvchini pichoq bilan qo`rqitgan paytda do`konga boshqa bir xaridor kelib qolgan. Shu sabab niqobli yigitlar jinoyat sodir etgan joydan qochib ketishgan.

Videokuzatuv kameralari yordamida jinoyatchilar qo`lga olingan. Ma`lum bo`lishicha, ulardan biri poytaxtdagi oliy o`quv yurtlaridan birining 1-kurs talabasi bo`lgan.

Qo`lga olinganlarning aytishicha, ularga pul kerak bo`lib qolgan. Pul topish uchun bu yo`ldan boshqa yo`l topisholmagan.

«Chorsu bozori yonida uchrashdik. Biz niqoblar, pichoqlar va qo`lqoplar sotib oldik. Keyin do`konga bordik», - dedi ulardan biri.

Qo`lga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Mazkur moddada 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi qamoq jazosi qo`llanilishi belgilangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar