AsosiyJamiyat

⚡️"O`zavtoyo`lbelgi" korxonasi faoliyatida korrupsion sistema fosh bo`ldi

'⚡️"O`zavtoyo`lbelgi" korxonasi faoliyatida korrupsion sistema fosh bo`ldi'ning rasmi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Avtomobil yo`llari qo`mitasi tarkibidagi "O`zavtoyo`lbelgi" davlat unitar korxonasi faoliyatida noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda O`zA yozmoqda.

«Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorga muvofiq, «O`zavtoyo`lbelgi»ga istisno tariqasida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan eng yaxshi taklif orqali mahsulotlarni sotib olish to`g`risidagi shartnomalarni tanlov savdolarini o`tkazmasdan tuzishga ruxsat berilgan.

Ammo, DUK mansabdor shaxslari 2021-2022 yillarda o`zlariga tanish bo`lgan 5 ta mahalliy MChJ bilan jami 9 mlrd. 193 mln. so`mlik 21 ta shartnoma tuzib, ulardan yo`l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 mlrd. 701 mln. so`m miqdoridagi byudjet mablag`larini talon-toroj qilishgan.

Holat yuzasidan "O`zavtoyo`lbelgi" DUK va 5 ta MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar