AsosiyJamiyat

Endi nogironligi bo`lgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi

'Endi nogironligi bo`lgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi'ning rasmi

"Nogironligi bo`lgan shaxslarni qo`llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, 2023 yilda:

— muhtoj shaxslar zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bilan;

— “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan va I guruh nogironligi bo`lgan shaxslar son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul ta`minlanadi.

2023 yil 1 sentyabrdan nogironligi bo`lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya vositalari bilan ta`minlashda tibbiy xulosa talab qilinmaydi.

I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslar va ularga g`amxo`rlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi, mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kiradi.

2023 yil 1 maydan shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi bo`lgan bolaga g`amxo`rlik qilayotgan shaxslarga:

— bolaning yonida bo`lish uchun sharoit yaratiladi;

— mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogironligi bo`lgan shaxs deb topganda ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.

“Yuridik yordam” axborot tizimida nogironligi bo`lgan shaxslarga bepul huquqiy yordam berish uchun alohida murojaat bo`limi yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar