AsosiyDunyo

Avstriyada kuyov to`y kuni YTHga uchrab, vafot etdi

'Avstriyada kuyov to`y kuni YTHga uchrab, vafot etdi'ning rasmi

Avstriya janubida YTH oqibatida bir kishi halok bo`ldi, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi. Sayyohlar bo`lgan avtobus qirg`oqdan yiqilib, bir necha marta ag`darilgan va ofis binosi tomiga qulagan. Yaralanganlardan besh kishi, jumladan haydovchining ahvoli og`ir, deya xabar berdi Euronews. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bir guruh erkaklar ulardan birining to`yi oldi ziyofatidan qaytayotgan bo`lib, faqat kuyov vafot etgan.

Ammo qurbonlar soni ko`proq bo`lishi mumkin edi: avtobusning to`g`ridan-to`g`ri orqasida o`t o`chirish mashinasi harakatlanar edi, uning ekipaji darhol qutqaruv ishlarini boshlab yubordi. Bundan tashqari, Qizil Xochning mahalliy bo`limi yaqin joyda joylashgan bo`lib, bu darhol birinchi yordam ko`rsatish va yaradorlarni evakuasiya qilish imkonini berdi.

    Boshqa yangiliklar