AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyada 19 yoshli yigit millioner buvisini o’ldirganlikda ayblandi

'Buyuk Britaniyada 19 yoshli yigit millioner buvisini o’ldirganlikda ayblandi'ning rasmi

Buyuk Britaniyalik 19 yoshli yigit 69 yoshli buvisini o`ldirganlikda ayblanib qo`lga olindi.  Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Syu Eddis Sharqiy Sasseksning Brighton shahrida yashagan va shaharda ikkita italyan restoraniga egalik qilgan. Muassasalarning muvaffaqiyati uni millionerga aylantirdi. Keksa ayolning nabirasi Pietro Eddis u bilan birga yashagan va uning restoranlaridan birida oshpaz bo`lishga tayyorgarlik ko`rayotgan edi. Polisiya Syu Addisning jasadini vannadan, bo`yin va ko`kragida jarohatlangan holda topdi. Pietroning o`zi polisiyaga qo`ng`iroq qilib, buvisini pichoqlaganini tan oldi. Yigit unga 17 marta pichoq urgan.

Syu Addis o`ldirilishidan nabirasini reabilitasiya klinikasiga joylashtirmoqchi bo`lgan. Tergovchilar marhumning kompyuteridagi qidiruv tarixida giyohvandlik va ruhiy kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan xususiy tibbiyot markazi veb-sayti manzilini aniqladi. Qidiruv so`rovlari ayol o`lgan kuni amalga oshirilgan.

Pietro qotillikda aybini tan oldi. Uning advokatlarining ta`kidlashicha, o`sha paytda u qabul qilgan dorilar ta`sirida bo`lgan. Ular ushbu omilni kelajakdagi jazo uchun engillashtiruvchi holat sifatida hisobga olishni so`rashadi.

Biroq, ayblov tarafi himoyachining dalillarini rad etadi. Prokurorning fikricha, 19 yoshli Pietro aqli raso bo`lgan va nima qilayotganini bilgan.

    Boshqa yangiliklar