Amerika Qo`shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken 28 fevral − 1 mart kunlari Toshkent shahriga tashrif buyuradi.
Tashrifning asosiy maqsadi O`zbekiston-AQSh strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.
Kecha, 27 fevral kuni siyosatchi Qozog`istonga uchib ketayotganini Twitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.
"Bugun men Qozog`iston, O`zbekiston va Hindistonga sayohatga ketyapman. Bu mening Davlat kotibi sifatida Qozog`iston va O`zbekistonga birinchi safarim bo`ladi va men Markaziy Osiyo bilan hamkorligimizni yanada rivojlantirishga intilaman. U erdan G20 yig`ilishi uchun Hindistonga boraman", dedi u.
Ostonada u mintaqadagi barcha beshta davlat vakillari bilan AQShning Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiqligini tasdiqlash, shuningdek, umumiy global muammolarga echim izlashda mintaqa bilan hamkorlik uchun C5+1 (Markaziy Osiyo mamlakatlari + AQSh) vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
C5+1 vazirlar yig`ilishida AQSh, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston o`rtasidagi iqtisodiy, energetika, atrof-muhit va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.






