Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Navoiy” gaz ta`minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Qiziltepa tumanidagi “SH.D.” MChJ mas`ul shaxslari korxona issiqxonasiga o`rnatilgan elektron gaz hisoblagichga tashqi tomondan shikast etkazib, jami 950,4 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Marg`ilon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Marg`ilon shahar ETK mas`ul shaxslari o`z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganliklari oqibatida, “E.V.” unitar korxonasidagi 3 ta elektr hisoblagichlar ro`yxatdan o`tkazilmasdan qolib, jami 684,6 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.
Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda, “I.p.” MChJ mas`ul shaxslari korxonaning ishlab chiqarish sexidagi elektr hisoblagichga tashqi ta`sir o`tkazib, jami 682,1 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Jalaquduq tuman bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.s.” MChJ mas`ul shaxslari MChJga qarashli toshni qayta ishlash sexida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib, jami 238,1 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Bo`ston tumani bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.A.” fermer xo`jaligi mas`ul shaxslari xo`jalik chorva binosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, jami 210,6 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro M.Sh. parrandachilik fermasidagi elektr hisoblagichning himoya qopqoqlarini buzib, tashqi ta`sir ko`rsatib, jami 109,9 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
28.02.2023 10:46
6 ta viloyatda tabiiy gaz va elektrga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi






