Argentina terma jamoasini boshqarayotgan Lionel Skaloni Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) tomonidan 2022 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Marosim dushanba kuni Parijda bo`lib o`tgan, Bu haqda “Trend” TASS agentligiga tayanib xabar berdi .
Kuchli uchlikka Ispaniyaning “Real” klubining italiyalik murabbiyi Karlo Anchelotti va Angliyaning “Manchester Siti” klubining ispaniyalik murabbiyi Xosep Gvardiola ham kirdi. Skaloniga mukofotni Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, italiyalik Fabio Kapello topshirdi.
Argentina terma jamoasi Skaloni boshchiligida 2022 yilda 1986 yildan beri ilk bor jahon chempioni bo`ldi. 44 yoshli mutaxassis Qatardagi jahon chempionatida eng yosh murabbiy bo`ldi. U Argentina terma jamoasini 2018 yildan buyon boshqarib kelmoqda va 2021 yilda Amerika Kubogidagi g`alabaga erishdi. Avvalroq Skaloni Argentina terma jamoasi va Ispaniyaning “Sevilya” klubida yordamchi murabbiy bo`lib ishlagan.






