AsosiyDunyo

AQSh Davlat kotibi Blinken Qozog`istonga etib keldi va hukumat a`zolari bilan muzokaralar o`tkazmoqda

'AQSh Davlat kotibi Blinken Qozog`istonga etib keldi va hukumat a`zolari bilan muzokaralar o`tkazmoqda'ning rasmi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken kecha kechqurun Ostonaga ilk rasmiy tashrifi bilan keldi va u erda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashadi. Bu haqda TASS muxbiriga Qozog`iston TIV rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma`lum qildi.

Avvalroq Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligi AQSh davlat kotibi Blinken Ostonada prezident Qosim-Jomart Tokaev tomonidan qabul qilinishi, shuningdek, Bosh vazir o`rinbosari – respublika tashqi ishlar vaziri bilan ham muzokaralar o`tkazishi haqida ma`lum qilgandi. 

Bundan tashqari, Blinken seshanba kuni Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh tashqi ishlar vazirlarining C5+1 formatidagi uchrashuvida ishtirok etadi. Kun tartibida Vashington bilan mintaqaviy hamkorlik va sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etiladi.

Qozog`istondan so`ng Davlat departamenti rahbari Toshkentga keladi va bu erda O`zbekistonning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashadi. 1 mart kuni Blinken Nyu-Dehliga uchishi ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar