AsosiyJamiyat

Toshkentda qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Toshkentda qalbaki dollarlarni sotmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro S.S. boshqa bir fuqaro A.A.ga qalbaki 30 000 AQSh dollari borligini aytib, shundan 9 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni 4,1 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, qalbakiligini bilmagani holda qalbaki valyuta qimmatliklarini olib, uni keyinchalik o`tkazgan shaxsning qilmishi ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Shu bois, o`zaro hisob-kitoblarni O`zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to`lov vositasi hisoblangan milliy valyutada amalga oshirish orqali o`zingizni noqonuniy harakatlardan asragan bo`lasiz.

    Boshqa yangiliklar