Prezident “Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko`ra:
2023/2024 o`quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang`ich sinf o`quvchilarini bepul ovqat bilan ta`minlash yo`lga qo`yiladi;
- 2023 yil 1 apreldan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi;
- tadbirkorlik sub`ektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida 2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub`ektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy o`rnatiladi;
- 32 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek 11 ming nafar fuqaroga boshlang`ich badal va foiz to`lovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat byudjetidan mablag`lar yo`naltiriladi;
- 2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 8 trln so`m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trln so`m yo`naltiriladi.






