Prezident 2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risidagi farmonni imzoladi.
➖ 2023/2024 o`quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang`ich sinf o`quvchilarini bepul ovqat bilan ta`minlash yo`lga qo`yiladi;
➖ 2023 yil 1 apreldan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushiriladi;
➖ tadbirkorlik sub`ektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida 2023 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub`ektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy o`rnatiladi;
➖ 32 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek 11 ming nafar fuqaroga boshlang`ich badal va foiz to`lovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat byudjetidan etarli mablag`lar yo`naltiriladi;
➖ 2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 8 trln so`m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trln so`m yo`naltiriladi va boshqalar.






