AsosiyJamiyat

Pekin va Toshkent o`rtasidagi parvozlar tiklamoqda

'Pekin va Toshkent o`rtasidagi parvozlar tiklamoqda'ning rasmi

Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri muntazam qatnovlarni tiklamoqda. Bu haqda Uzbekistan Airpots Matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi yo`lovchi reysi joriy yilning 26 mart sanasiga mo`ljallangan.

Reyslar Airbus A330-200 samolyotlarida haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ma`lumot o`rnida, Xitoyning Guanchjou shahrida joylashgan China Southern Airlines aviakompaniyasi parki hajmi bo`yicha Osiyodagi eng yirik aviakompaniya, shuningdek, Osiyodagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar