Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchilari o`zaro yo`lovchi talashib mushtlashayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o`tkazilgan.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat 28 fevral kuni soat 11:30 da "1-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi 28-sonli avtobus yo`nalishi haydovchisi N.B hamda "Avtosantrans-servis" MChJga qarashli Isuzu rusumli KCA bo`lgan 155-sonli avtobus yo`nalishi haydovchisi M.M tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o`zaro janjallashib, jamoat tartibini buzganliklari uchun haydovchi N.B va M.Mga nisbatan, Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan MjtKning 183-moddasi ("Mayda bezorilik") bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.






