AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda o`qituvchilardan "komissiya uchun" pul yiqqan direktor ishdan bo`shatildi

'Qoraqalpog`istonda o`qituvchilardan "komissiya uchun" pul yiqqan direktor ishdan bo`shatildi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda Xo`jayli tumanidagi 21-umumta`lim maktabi direktorining xodimlardan pul yig`ayotganligi haqida tarqalgan ma`lumot bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, maktab direktori P.A. Toshkent shahrida bo`la turib, “komissiya uchun” degan bahonada o`qituvchi va texnik xodimlardan 20 ming so`mdan pul yig`dirgan. Mazkur holat bo`yicha shu kunning o`zida Xo`jayli tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.    

Aniqlanishicha, joriy yilning 10 fevral kuni 21- umumta`lim maktabining direktori P.Aning topshirig`iga asosan, maktab o`qituvchisi D.R. tomonidan 16 nafar o`qituvchidan 320 ming so`m yig`ib direktorga bergan, direktor P.Aning o`zi esa, 18 nafar o`qituvchidan 360 ming so`m yig`ib olib, jami 680 ming so`m pul yig`ilgan.  

Maktab direktori P.A. o`z ko`rsatmasida ushbu pullar maktabdagi bannerlarni yangisiga almashtirish uchun yig`ilganini, ularni amalda hech qaerga ishlatilmasdan, o`qituvchilarga yana qaytarib berilganini bayon qilib o`tgan. Bir guruh o`qituvchilar pullarni yig`ilish sabablari haqida P.A. bergan ko`rsatmalarni tasdiqlagan, bir guruhi yig`ilgan pullar kelgan komissiyani tushlikda ovqatlantirish bahonasida yig`ilganligini bayon qilgan.  

2023 yil 23 fevral kuni P.A. o`z ixtiyori bilan ishdan bo`shash haqida arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.  

    Boshqa yangiliklar