AsosiyJamiyat

Abdusattorov to`rtinchi, Sindorov 12 o`rindan joy oldi

'Abdusattorov to`rtinchi, Sindorov 12 o`rindan joy oldi'ning rasmi

Reytingda AQSh vakili Uesli So 30,80 ochko bilan etakchilikka erishgan bo`lsa, Niderlandiya vakili Anish Giri 29,03 ochko bilan 2-o`rindan joy oldi. Levon Aronyan 26,35 ochko jamg`argan holda kuchli uchlikni yakunladi

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov erishgan natijalari asosida 22,28 ochko bilan 4-o`rinni band etdi. Mahoratli shaxmatchimizdan keyingi pog`onalardan Magnus Karlsen, Gukesh, Yan Nepomnyashiy, Aleksandr Donchenko kabi grossmeysterlar joy olishgan. 

Javohir Sindorov yangilangan reytingda 89 nafar kuchlilar orasida 12-qatorda qayd etildi.  

Xalqaro shaxmat federasiyasi tomonidan joriy etilgan mazkur reyting o`rinlari 2024 yili o`tkaziladigan jahon chempionatida qatnashadigan eng kuchli ishtirokchilarni aniqlashni nazarda tutadi, deyiladi FIDE xabarida.

 

    Boshqa yangiliklar