O`zbekistonda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Hazrati Imom majmuasiga bordi. Bu haqda u o`zining Twitter sahifasida ma`lum qilgan.
"O`zbekistonning boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi Xast Imom masjidiga tashrif buyurish men uchun sharaf. AQSh O`zbekistonning mana shunday boy tarixiy manbalarini saqlashda hamkorlik qilayotganidan faxrlanaman", dedi AQSh davlat kotibi Entoni J.Blinken.
01.03.2023 07:48
Entoni Blinken Toshkentdagi mashhur Hazrati Imom majmuasiga bordi






