O`zbekistonda endi yo`laklarda harakatlanuvchi piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi.
Yo`l transport hodisalarining oldini olish, yo`llarda harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida hamda huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va ularning yuzaga kelib chiqish sabablarini aniqlash, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan dasturlar doirasida kunning qorong`u qismida kelgusida maktab o`quvchilari, veloyo`lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibi joriy etiladi.
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti matbuot kotibi Muzifa Sultonovaning O`zAga ta`kidlashicha, maktab o`quvchilari homiylik ko`maklari asosida nur qaytargichli jiletlar bilan ta`minlanadi.






