Prezidentning tegishli Farmoni bilan yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash sohasini «"shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun" g`oyasi asosida isloh qilish maqsadida joriy yilning 1 dekabridan boshlab transport vositasining egasiga transport vositasini boshqarish huquqi o`tkazilgan shaxs bilan birgalikda tegishli huquqni belgilovchi hujjatni (ishonchnoma va boshqalar) taqdim etgan holda, davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati organlarini transport vositasini boshqarish huquqini o`tkazganligi haqida xabardor qilish huquqi berilmoqda.
Bunda, xabarnoma olingan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimiga tegishli o`zgartirishlar kiritish hamda ushbu transport vositasida sodir etilgan yo`l harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi o`tkazilgan shaxsga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirish tartibi joriy etilishi belgilanadi.
Shuningdek, 2023 yil 1 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilmoqda.






