O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq Boku shahrida davlatimiz rahbari Qo`shilmaslik harakatining dunyoda pandemiyadan keyingi tiklanish masalalariga bag`ishlangan sammiti yalpi sessiyada ishtirok etadi.
Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashuv o`tkazilishi, unda etakchilar ikki tomonlama ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.






