AsosiyJamiyat

AQSh Markaziy Osiyo iqtisodiy rivojlanishiga 25 mln dollar ajratadi

'AQSh Markaziy Osiyo iqtisodiy rivojlanishiga 25 mln dollar ajratadi'ning rasmi

Entoni Blinken bu qaror Ostonada bo`lib o`tgan C5+1 platformasida qabul qilinganini ma`lum qildi.

"Biz Prezident Mirziyoev janoblarining islohot dasturlarini to`liq amalga oshirilishini qo`llab-quvvatlash orqali ham Qo`shma Shtatlar imkoniyatlari kengashiga hissa qo`shmoqda. O`zbekistonning mehnat huquqlari sohasida erishgan huquqlari ushbu islohotlar naqadar samarali ekanligini ko`rsatdi. 11 yil davomida 300 dan ortiq xalqaro kompaniyalar bolalar mehnati va majburiy mehnat tufayli o`z mahsulotlarida O`zbekiston paxtasidan foydalanishda voz kechgandilar. O`zbekiston huqumati mahalliy va xalqaro mehnat uyushmalari tashkilotlari bilan, nafaqat yangi mehnat kodeksini qabul qilish, balki uni amalda tadbiq qilishni ta`minlash orqali ham bu qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun ish olib bordi. 

Bu tarixiy yutuq va boshqa mamlakatlarga namunadir. Bu esa o`zbekistonlik mehnatkashlar, korxonalar, fermerlar, oilalar hayotini sezilarli darajada o`zgartirmoqda. Ish haqi oshdi, suiste`mollik kamaydi, investisiyalar ortib bormoqda. Har xil yoshdagi odamlar, jumladan, bolalar ham paxta terimida majburlanmayapti. 

Bundan tashqari, din erkinligi hamda inson huquqlari sohasida to`liq amalga oshirish islohotlari prezident bilan muhokama qilingan. Shu bilan birga, 2022 yilning iyul oyida ommaviy tartibsizliklar chog`ida kuch ishlatar idoralar xodimlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar O`zbekiston tomonidan to`liq va shaffof tergov qilinishi tarafdorimiz. 

Shu bilan birgalikda, mintaqaviy hamkorlikda ham birgalikda ishlaymiz. O`zbekiston tashqi ishlar vaziri va men kuni kecha Ostonada bo`lib o`tgan C5+1 platformasida ishtirok etdik. Va biz Markaziy Osiyo iqtisodiy rivojlanishiga 25 mln dollar ajratish to`g`risida qaror qabul qildik. O`tgan sentyabr oyidan beri Amerikaning jami ko`magi 66 mln dollardan oshadi. Bu mablag` iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan", — deydi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken.

    Boshqa yangiliklar