Finlyandiya Rossiya bilan chegaradosh hududida devor qurishga kirishdi. Qurilishga Imatra chegara punktida start berildi, dushanbadan bu erdagi daraxtlarni kesish boshlab yuborildi.
Avvaliga 3 km uzunlikda devor qurilib, sinab ko`riladi. Sovuqqa bardoshliligi, o`tishga urinuvchilarni to`xtatish imkoniyatlari o`rganiladi.
Uch kilometrli devorning bahosi — 6 mln evro. Qurilish iyunda tugaydi.
Finlar qurayotgan devorning balandligi 3 metr bo`ladi, videokameralar, projektorlar va ovoz kuchaytirgichlar o`rnatiladi.
Devorning jami uzunligini 200 kilometrga etkazish reja qilingan. Rossiya va Finlyandiya o`rtasidagi chegara uzunligi — 1 300 kilometr.






