Kecha, 1 mart kuni Toshkentda avtobus haydovchilari yo`lovchi talashib mushtlashdi.
Bugun JIB Yashnobod tuman sudida MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo`yicha N.B. va M. M.ga nisbatan yuritilgan ma`muriy ish ko`rib chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sud majlisida aniqlanishicha, joriy yil 28 fevral kuni soat taxminan 8:30 atrofida Yashnobod tumani Izzat ko`chasida o`zlariga biriktirilgan avtobuslarni boshqarib, harakat davomida bir-birlariga yo`l bermasdan kelib, shu ko`chada joylashgan 76-sonli avtobekat oldida to`xtab, o`zaro janjallashib, mayda bezorilik qilishgan. Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilishgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 2 martdagi qarori bilan N. B. va M. M. ning har biriga MJtKning 183-moddasi bilan 7 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.






