Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Ichimlik suvi iste`molidan qarzdorlikni yo`q qilib berishni va`da qilgan muhandis ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
“F.s.t. MChJ Rishton tumani bo`limi muhandisi G`.J. tumandagi umumiy o`rta-ta`lim maktabining suv ta`minotidan qarzdorligi mavjud bo`lmasada, maktab direktori o`rinbosari Sh.S.ga qarzdorligi borligini aytib, ushbu qarzdorlikni yo`q qilib berish evaziga 3,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






