AsosiyJamiyat

Fransiya kompaniyasi O`zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng baland 2515 metr va 3309 metr balandlikka chiqadigan osma yo`llarni quradi

'Fransiya kompaniyasi O`zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng baland 2515 metr va 3309 metr balandlikka chiqadigan osma yo`llarni quradi'ning rasmi

Fransiyaning Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi “Chimyon” to`rt faslli kurorti ob`ektlarini loyihalash, tadqiq qilish, qurish, jihozlarni etkazib berish va o`rnatish, sozlash-ishga tushirish ishlarini olib borish yuzasidan o`tkazilgan ochiq tanlovning g`olibi deb topildi.

Ma`lumot uchun: MND tog`li hududlarda loyihalarni amalga oshirish bo`yicha etakchi sanoat guruhlaridan biridir. Bosh qarorgohi Fransiya janubidagi Savoya departamentining Sen-Hélène-dyu-Lak  shahrida joylashgan. Guruh 2004 yildan buyon dunyoning 49 davlatida faoliyat yuritib kelmoqda.

MND tog`li joylarda turizm sohasida umummavsumiy loyihalarni amalga oshirish hamda osma yo`llaridan shaharlarda, sanoat ob`ektlarida va maishiy maqsadlarda foydalanish bo`yicha keng ko`lamli xizmatlar ko`rsatishda jahon etakchilaridan biri hisoblanadi. 

Chimyondagi loyihani amalga oshirish natijasida mamlakatimiz aholisiga ham, xorijlik mehmonlarga ham ochiq havoda hordiq chiqarishning har xil turlarini taklif etadigan xalqaro darajadagi umummavsumiy majmuasi tashkil etiladi.

Loyiha doirasida dam oluvchilarni 2515 metr balandlikka ko`tariladigan gondol tipidagi 10 kishilik asosiy osma yo`li (maksimal quvvati - 2000 kishi/soat) va 3309 metr balandlikka chiqadigan mayatnik tipidagi 80 kishilik oraliq osma yo`li (maksimal sig`imi - 800 kishi/soat) quriladi. Kurort bunday inshootlarga ega bo`lgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi eng baland nuqtaga aylanadi. 

Ushbu yirik tashabbusdan ko`zlangan maqsad xalqaro miqyosdagi umummavsumiy kurort, sayyohlik joylari va turli ko`ngilochar attrasionlar hamda osma yo`llarga ega yangi turistik majmualarni qurish orqali hududning investisiyaviy jozibadorligini yuksaltirish, Toshkent viloyatining turizm infratuzilmasini rivojlantirish, mamlakatimizning tog`li hududlarida ommaviy sportni rag`batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va yangi ish o`rinlari tashkil qilishdir.

Mehmonxona majmualari va kottejlarni qurishni tashkil qilish er uchastkalarini turli lotlarga bo`lish (tasdiqlangan dizayn-kodi bilan) va yaqin kelajakda qiziqqan investorlarga sotish uchun “E-IJRO AUSION” elektron savdo maydonchasida joylashtirish orqali amalga oshirish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar