Bugun, 2 mart kuni soat 13:32 da Toshkent viloyati Ohangaron shahar "Qo`rg`on" MFY A-373 avtomagistral yo`lida joylashgan avtomobillarga gaz to`ldirish shoxobchasi hududida "HYUNDAI" rusumli avtomobilda yong`in yuzaga kelgan.
Shunga ko`ra 1 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 13:38 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 13:41da o`rab olingan va soat 13:44 da o`chirilgan.
Yong`in natijasida avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






