AsosiyJamiyat

Andijonda 5 sinf o`quvchisi o`zini press ipiga osdi

'Andijonda 5 sinf o`quvchisi o`zini press ipiga osdi'ning rasmi

Andijon viloyatida o`z joniga qasd qilgan bolaning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Darakchi.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 27 fevral kuni soat 08:40 larda Shahrixon tumani “Bobochek” MFY “Qizil arab” ko`chasida yashovchi 11 yoshli G`.M. yashash xonadonidagi omborxona to`siniga somon press ipiga o`zini o`zi osib, o`z joniga suiqasd qilgan. Shu vaqtda uning onasi M.E. bu holatni ko`rib qolib, o`g`lini qo`tqarib qolgan. Shundan so`ng, bola tuman shifoxonasiga yotqizilib, uning hayoti saqlanib qolingan.

Aniqlanishicha, M.E. tumandagi 30-maktabning 5-sinfida tahsil olgan.

Voyaga etmagan M.E.ga etkazilgan tan jarohatlarning og`irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hodisa joyi ko`zdan kechirilib, somon press ipi tekshirish uchun daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan bolaning joniga qasd qilganlik sabablarini aniqlashga qaratilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar