AsosiyJamiyat

Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo`ndi

'Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo`ndi'ning rasmi

«Aeroflot» aviakompaniyasining Dehli — Moskva yo`nalishi bo`yicha AFL233 reysi samolyoti Toshkentga favqulodda qo`nishni amalga oshirdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da Toshkent aeroportiga qo`ndi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Qo`nishga appendisit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo`lgan. Ekipaj yo`lovchining sog`lig`i yomonlashgani sababli muqobil aerodromga qo`nishga qaror qilgan.

Yo`lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko`rsatish uchun shifoxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar