3 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv o`tkazdilar.
O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq kooperasiya loyihalarini jadallashtirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari ikki mamlakat Bosh vazirlari o`rinbosarlari, maxsus ishchi guruhlar hamraislarining imzolangan bitimlar va qabul qilingan qarorlar ijrosining borishi to`g`risida hisobotlarini tingladilar.
Prezidentlar sanoat, energetika, qishloq xo`jaligi, transport va logistika sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, bo`lajak tadbirlar rejasi ham ko`rib chiqildi.
Uchrashuv har doimgidek ochiq, samimiy va do`stona muhitda o`tdi.






