1

Kuniga 11 daqiqa piyoda yurish erta o`lim xavfini 10 foizga kamaytiradi

Salomatlik 03.03.2023, 20:01
Kuniga 11 daqiqa piyoda yurish erta o`lim xavfini 10 foizga kamaytiradi

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti olimlari kuniga 11 daqiqa davomida o`rtacha intensivlikdagi jismoniy faollik insonlarda erta o`lim xavfini 10 foizga kamaytirishini aniqladi. 

Buning uchun mazkur yo`nalishda o`tkazilgan 196 ta tadqiqot natijalari o`rganib chiqildi. Yakunda haftasiga 75 daqiqa piyoda yurish o`lim xavfini 10 foizga, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimolini 5 foizga pasaytirishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, yuqoridagi davomiylikda yayov yurganlar saraton xastaligiga chalinish xavfidan 3 foiz ko`proq himoyalanadi, degan xulosaga kelindi. 

Tadqiqotchilarning tavsiya qilishicha, ishxona, maktab, kollej va universitetlarga piyoda yoki velosipedda borishni odat qilish lozim. Qolaversa, kundalik hayot tarziga o`zimizga yoqadigan jismoniy mashg`ulotlarni kiritish katta samara beradi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1