AsosiyJamiyat

5 yulduzli mehmonxonalarda ham milliyligimiz aks etgan detallar bo`lishi lozim — Ozodbek Nazarbekov

'5 yulduzli mehmonxonalarda ham milliyligimiz aks etgan detallar bo`lishi lozim — Ozodbek Nazarbekov'ning rasmi

Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov O`zbekiston Otelerlar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Mehmonxona biznesi forumi»da ishtirok etdi. Nazarbekov sayyohlarga xizmat ko`rsatayotgan mehmonxona, xostel va oilaviy mehmona intererida milliy qadriyatlarga alohida e`tibor qaratish kerakligini aytdi.

«Xorijiy sayyohlarga xizmat ko`rsatayotgan mehmonxona, xostel va oilaviy mehmon uylari egalari hi-tech, milliy va klassik uslublarni uyg`unlashtirgan holda jihozlash va interer qilishga alohida e`tibor qaratishlari lozim. Hattoki, eng zamonaviy 5 yulduzli mehmonxonalarda ham milliyligimiz, o`zligimiz aks etgan detallar bo`lishi lozim.

Bu har bir sayyohning, eng avvalo, O`zbekiston haqidagi tasavvuri shakllanishi, shuningdek, xalqimizga xos urf-odat, an`ana va qadriyatlari haqida tushunchaga ega bo`lishiga xizmat qiladi», — dedi Ozodbek Nazarbekov.

Vazirning aytishicha, mazkur forum turizm sanoati vakillarini bir joyda jamlab, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investisiyalar jalb qilish, IT sohasi, ekologiya, xizmatlarni raqamlashtirish, ta`lim va kadrlar masalalarida hamkorlikni mustahkamlash kabi masalalar yuzasidan o`zaro fikr-mulohaza, tajriba va takliflar almashish maydoni vazifasini bajargan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar