AsosiyDunyo

Turkiyada yana er qimirladi

'Turkiyada yana er qimirladi'ning rasmi

Turkiyaning Qahramanmarash viloyatida 5,0 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Evropa-O`rtaer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, zilzila o`chog`i 4 km chuqurlikda bo`lgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma`lumotlar yo`q.

Eslatib o`tamiz, 6 fevral kuni Turkiyaning ushbu viloyatida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo`lib, vayronagarchiliklarga olib kelgandi.

    Boshqa yangiliklar