AsosiyJamiyat

"Avtoshkola" o`qituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi

'"Avtoshkola" o`qituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi'ning rasmi

Haydovchilar tayyorlovchi ta`lim tashkilotlari o`qituvchi va haydovchi-yo`riqchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tartibga soluvchi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Nizomga ko`ra, ta`lim tashkilotlari o`qituvchi va haydovchi-yo`riqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish (har 3 yilda bir marta) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralgan holda o`qitiladi.

O`quv jarayoni 25 nafardan ortiq bo`lmagan tinglovchidan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.

Mazkur kurslarda o`qish uchun talabgorlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza bilan murojaat qiladi.

Ariza kelib tushgan kundan e`tiboran 3 ish kuni ichida o`rganib chiqilib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Akademiya va talabgor o`rtasida shartnoma tuziladi.

To`lov miqdorlari:

  • haydovchi-yo`riqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish kurslarining har biri uchun – BHMning 4,5 baravari (1 mln 350 ming so`m);
  • o`qituvchilarni qayta tayyorlash kursi uchun – BHMning 4 baravari (1,2 mln so`m), ularning malakasini oshirish kursi uchun – BHMning 7 baravari (2,1 mln so`m).

Tinglovchilarga ularning o`quv jarayonida ishtirokini ta`minlash hamda o`quv dasturlarini o`zlashtirishda tyutor (o`qituvchi-konsultant) yordamlashadi.

Qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga diplom, malaka oshirish kursini tamomlagan tinglovchiga esa sertifikat taqdim etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar