Yo`l ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, joriy yilning 4 mart kuni soat 09:00 dan 4 aprel kuniga qadar, Cho`lpon ko`chasidan Yangi O`zbekiston shoh ko`chasiga olib chiquvchi yo`l qisman yopildi.
"Transport vositalari harakati va Cho`lpon ko`chasiga kirish "Jarboshi" arkasining yangi qurilgan yo`li orqali amalga oshiriladi. Noqulaylik uchun uzr so`raymiz", — deyiladi Yashnobod tumani hokimligi xabarida.






