Ertaga, 5 mart kuni Toshkent shahrida 24 ta ko`cha vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 5 mart kunidan boshlab shahar ko`chalarida keng ko`lamda bosqichma-bosqich yo`l yotiq chiziqlarini chizish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, 5 mart kuni Turkiston, Oybek, Katta Mirobod, Yunus Rajabiy, Bobur, Buxoro, Qumariq, Buyuk Turon, Zarafshon, Istiqlol, Muxammad Yusuf, Matbuotchilar, Choshtepa, Maxtumquli, Movarounnahr, Taras Shevchenko, Shastri, Shaxrisabz, Qoratosh, Fidoiylar, Beruniy, Shirin, Farobiy, Qatortol ko`chalarida yo`l yotiq chiziqlari chiziladi.
Shu munosabat bilan ushbu ko`chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
“Haydovchilardan aylanma yo`llardan harakatlanishlarini so`rab qolamiz va noqulayliklar uchun uzr so`raymiz”, — deyiladi xabarda.






