AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekiston bo`ylab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

'Ertaga O`zbekiston bo`ylab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin'ning rasmi

"O`zgidromet" markaziga ko`ra, 6 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 17-19 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi,  ba`zi tumanlarda  qum bo`ronlar  bo`lishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.  

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kechasi va ertalab  yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba`zi tumanlarda qum bo`ronlari bo`lishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Navoiy viloyatida kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba`zi tumanlarda qum bo`ronlari bo`lishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.  

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba`zi tumanlarda qum bo`ronlari bo`lishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kechasi va ertalab yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba`zi tumanlarda  qum bo`ronlari  bo`lishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 21-26 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.  

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, baland tog`li tumanlarda yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor yog`adi), ayrim joylarda kuchli yog`ingarchilik bo`ladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.  

 

    Boshqa yangiliklar