AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda fuqaro hokimlik binosi atrofiga mol haydab borgani uchun etti sutka qamaldi

'Qashqadaryoda fuqaro hokimlik binosi atrofiga mol haydab borgani uchun etti sutka qamaldi'ning rasmi

Joriy yilning 27 fevral kuni fuqaro J.P. akasiga tegishli chorva mollarini G`uzor tuman hokimligi ma`muriy binosi oldiga haydab kelgan. Tuman hokimligiga ko`ra, fuqaro akasining huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan «asossiz ravishda tergovga jalb etilganidan norozi bo`lib ushbu harakatni amalga oshirgan».

Fuqaroning xatti-harakati yuzasidan G`uzor tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borildi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma`lumot berdi.

Fuqaro jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan qilgan mazkur xatti-harakatlari bilan  O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan.

Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan to`plangan hujjatlar JIB Qamashi tuman sudiga yuborildi.

Sudning 2023 yil 3 mart kunidagi qaroriga ko`ra huquqbuzar J.P.ga etti sutka qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar