AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi mehmonxonalarning eng yaxshilari aniqlandi

'O`zbekistondagi mehmonxonalarning eng yaxshilari aniqlandi'ning rasmi

Toshkentda II Milliy mehmondo`stlik mukofotini topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi. "Hotel Business Forum-2023" doirasida o`tkazilgan tadbirda Madaniyat va turizm vazirining birinchi o`rinbosari Ulug`bek A`zamov, Otelerlar Assosiasiyasi raisi Farangiz Abdullaeva, turli mahalliy va xalqaro mehmonxona brendlari vakillari hamda boshqalar ishtirok etdi. 

II Milliy mehmondo`stlik mukofotini topshirish marosimida 30 turli yo`nalishdagi nominasiya taqdim etildi.

Nominasiyalar g`oliblarining to`liq ro`yxati bilan tanishing:

•  Toshkentdagi eng yaxshi kichik mehmonxona — Shahzoda Grand Hotel;

•  Hududdagi eng yaxshi kichik mehmonxona — Silk Road Empire Hotel;

•  Hududdagi eng yaxshi biznes mehmonxona — Samarkand Regency Amir Temur;

•  Toshkent shahridagi eng yaxshi biznes mehmonxona — Hyatt Regency;

•  Eng yaxshi mini mehmonxona — Platan Hotel, Samarqand;

•  Eng yaxshi apart-mehmonxona — Art Apart Hotel;

•  Eng yaxshi city-mehmonxona — Hilton Garden Inn Samarkand;

•  Toshkentdagi eng yaxshi MICE-mehmonxona — Courtyard by Marriott Tashkent;

•  Hududdagi eng yaxshi MICE-mehmonxona — Sahid Zarafshan Bukhara;

•  Eng yaxshi butik-mehmonxona — Minzifa Boutique Hotel Bukhara;

•  Eng yaxshi restoran menejeri — Dilshod Abdukarimov, Humson Buloq;

•  Qabul va joylashtiruv xizmati bo`yicha eng yaxshi menejer — Firdavs Sattarov, Dillimah Premium Hotel Samarkand;

•  Eng yaxshi “housekeeping” menejeri — Liana Idrisova, Regal Stay Tashkent;

•  Sotuvlar bo`yicha eng yaxshi direktor — Kristina Livshits, Hyatt Regency Tashkent;

•  Eng yaxshi mehmonxona dizayni — Mercure Bukhara Old Town;

•  Shahar tashqarisidagi eng yaxshi oilaviy dam olish maskani — Layner;

•  Toshkent shahridagi eng yaxshi hostel — Shah Polan Hostel;

•  Hududdagi eng yaxshi hostel — Bukhara City Hostel;

•  Eng yaxshi oilaviy mehmon uyi — Besqala Guest House;

•  Eng yaxshi xavfsiz mehmon uyi — Gulizebo Gulnoza;

•  Mehmonxonadagi eng yaxshi nonushta — Radisson Blu Hotel Tashkent;

•  Mehmonxonadagi eng yaxshi restoran — Oscar Boutique Hotel;

•  Eng yaxshi SPA-otel — Wellness Park Hotel Samarkand;

•  Digital kommunikasiya va veb-sayt yuritish bo`yicha eng yaxshi mehmonxona — Hilton Tashkent City;

•  Yilning eng yaxshi HoReCa ta`minotchisi — Restomarket;

•  Yilning eng yaxshi jihoz ta`minotchisi — Hotel Line;

•  Yilning eng yaxshi menejeri — Farhod Toshtemirov, Mercure Tashkent;

•  Hududdagi yil ochilishi — Silk Road Samarkand;

•  Toshkent shahridagi yil ochilishi — Hotel Inspira-S Tashkent.

 

    Boshqa yangiliklar