Samarqand viloyati huquq tartibot organlari hamkorligida “Samarqandshahargaz” gaz ta`minoti bo`limida o`tkazilgan tadbirda ta`magirlik holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, “Samarqandshahargaz” bo`limi operatori, 1985 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro B.O. mahalliy fuqaro A.A.ning tabbiy gaz iste`molidan mavjud 5 million so`mlik qarzdorligini so`ndirish evaziga 2,5 million so`m berishini talab qilib, ushbu mablag`ni olayotgan vaqtida qo`lga olindi.
B.O. aslida, ushbu fuqarodan olgan pul mablag`ini voqea joyiga o`zi bilan birga kelgan “Samarqandshahargaz” bo`limi aholi iste`molchilari bilan ishlash operatori A.O`.ga berishi lozimligi bo`yicha ko`rsatma bergan va mazkur holat tezkor tadbir davomida prosessual tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda holat yuzasidan JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atish rejalashtirilmoqda.






