AsosiyIqtisodiyot

“Soliq” mobil ilovasining yangilangan versiyasi taqdim etildi

'“Soliq” mobil ilovasining yangilangan versiyasi taqdim etildi'ning rasmi

Soliq mobil ilovasining yangilangan interfeysi (1.3.7) Play marketga joylandi.

Yaqin kunlarda iOS dasturidagi qurilmalar uchun App Store platformasiga qo`yiladi.

Yangilangan ilovaga quyidagi xizmatlar qo`shildi:

"Monitoring" – mobil ilovada amalga oshirilgan to`lovlar hamda operasiyalar tarixini kuzatish;

"Yangiliklar" – ilova hamda soliq sohasiga oid yangiliklar bilan tanishish;

"Tax Free" – chet elliklar tomonidan QQSni qaytarib olish uchun xarid chekini ro`yxatdan o`tkazish, shuningdek Visa va Mastercard kartalarini qo`shish.

Shuningdek ilova orqali:

Akkauntga biriktirilgan telefon raqamini o`zgartirish yoki o`chirish;

Ilova o`rnatilgan va foydalanilayotgan qurilmalar ro`yxatini ko`rish.

ma`lumot uchun, hozirda mazkur ilovadan              3 mlndan ortiq odam foydalanadi. 

    Boshqa yangiliklar