Turkiya janubi-sharqidagi zilzilalar qurbonlari soni 46 104 kishiga etdi. Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdo`g`on mamlakat Vazirlar Mahkamasi yig`ilishi yakunlari bo`yicha telemurojaatida ma`lum qildi, deya yozmoqda "Anadolu" AA.
“Bugun, zilzilalarning to`rtinchi haftasi o`tgan ekan, biz boshdan kechirgan falokat ko`lamini yanada aniqroq ko`rmoqdamiz va yo`qotishlarimiz og`rig`ini yanada chuqurroq his qilmoqdamiz”, — dedi Turkiya rahbari.
Davlat rahbari mamlakat hukumati tabiiy ofat natijasida vayron bo`lgan hududlarni tezda tiklashga qat`iy qaror qilganini ta`kidladi.
“Maqsadimiz yaqin ikki oy ichida 244 mingta bino va 75 ming qishloq uyi qurilishini boshlash”, dedi Erdo`g`on.
Uning qo`shimcha qilishicha, ulardan 22 mingtasi qurilishi boshlangan.
Unga ko`ra, zilziladan zarar ko`rgan hududlarda 488 mingta yangi uy qurilishi rejalashtirilgan.
Prezident tabiiy ofatdan jabr ko`rgan hududda ikki oy ichida 100 ming konteyner tipidagi uylar o`rnatilishini ham ma`lum qildi.