Fevral oyi boshidan beri Birlashgan Arab Amirliklari Turkiya va Suriyadagi falokat zonasi aholisiga 5715 tonna insonparvarlik yordami bilan jami 202 ta samolyot yubordi.
Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi, Otliq-2 tashabbusi doirasida episentri Turkiyaning Qahramanmarash shahrida bo`lgan vayronagarchilikli zilzila jabrdiydalariga yordam ko`rsatish davom etayotganini ma`lum qildi.
Xuddi shu maqsadda Turkiyaning Gaziantep viloyatida dala kasalxonasi tashkil etilgan bo`lib, hozirgacha falokat zonasining 3500 nafar aholisiga yordam ko`rsatildi.
2 mart kuni BAAdan Turkiya va Suriyaga 4413 tonna insonparvarlik yordami bilan 134 ta yuk samolyoti yuborilgani xabar qilindi.
Eslatib o`tamiz, 6 fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi etti balldan ortiq bo`lgan ikkita zilzila sodir bo`ldi.
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 46 104 nafarga etdi.
Vayronkor zilzila qo`shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gresiya Kipr va Iroqda ham sezildi.