Amerika Qo`shma Shtatlarining Florida shtatida yashovchi ayol betob bo`lgan erini o`ldirdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
76 yoshli Ellen Gilland jinoyatni Daytona-Bichdagi shifoxona xonasida sodir etgan. Tergov ma`lumotlarida keltirilishicha, ayol o`zining 77 yoshli eri Jerri Gilland iltimosiga ko`ra uni otib tashlagan. Jerri salomatligi yomonlashsa, xotinidan otib o`ldirishni so`ragan.
Qotillikdan keyin ayol o`z joniga qasd qilmoqchi edi, lekin rejasini amalga oshira olmadi. Keksa ayolni erining xonasidan olib chiqib, hibsga olish uchun polisiyaga to`rt soat vaqt kerak bo`ldi.
Gilland xonim dastlab birinchi darajali qotillikda ayblangan va garov rad etilgan. Biroq sudya ayolga qo`yilgan ayblovni o`z joniga qasd qilishga ko`maklashish, og`ir tajovuz va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimiga nisbatan og`ir tajovuz qilish ayblovlari bilan o`zgartirdi.
Keyinchalik ayol 150 ming dollar garov evaziga ozod qilindi. Gilland kuzatuv ostida bo`ladi. U dori-darmonlarni qabul qilishi, o`qotar qurol saqlashi va qo`llashi, zarurat bo`lmasa, shifoxonalarga borishi taqiqlanadi.






