AsosiyJamiyat

Cirdaryodagi o`rmon xo`jaligida yong`in chiqdi

'Cirdaryodagi o`rmon xo`jaligida yong`in chiqdi'ning rasmi

Bugun, 7 mart kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi o`rmon xo`jaligi hududida yong`in yuz berdi. Holat bo`yicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 14:12 larda Sirdaryo tumanidagi “Kolgansir” o`rmon va ov xo`jaligining 2-bo`limi hududida taxminan 5 gektar maydonda quruq o`t va qamishlar yongan. Voqea joyiga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 15:05 da etib borgan va olov soat 15:33 da to`liq o`chirilgan.

Yong`indan o`rmon va ov xo`jaligining taxminan 200 gektar maydoni saqlab qolingan. Hodisa sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar