AsosiyDunyo

Korrupsionerlarning puli hisobiga 70 ta maktab quriladi

'Korrupsionerlarning puli hisobiga 70 ta maktab quriladi'ning rasmi

Shu yilning yakuniga qadar Qozog`istonda korrupsionerlarning puli evaziga 70 ta maktab qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqida ta`lim vaziri Gani Beysembaev ma`lum qilgan, deb yozadi Rasul Kusherbaev o`zining Telegram kanalida.  

Avvalroq Qozog`istonda korrupsionerlardan 50 mlrd tengega teng "korrupsion mablag`" maxsus xisob raqamiga yig`ilgani aytilgandi.

Korrupsionerlarning pulini maktablar qurilishiga sarflash haqida Qosim-Jo`mart Toqaev Qozog`iston xalqiga qilgan murojaatida topshiriq bergan.

Shunday birinchi maktab o`tgan oyning boshida Aktyubinsk viloyatida qurilib, foydalanishga topshirilgan.

"Yaxshi tashabbus. Qurilayotgan maktablar soniga qarab, korrupsiya darajasi qanday ekanligini bilsa bo`larkan.

Qiziq: agar bizda ham shunday tartib joriy qilinsa, bir yilda korrupsionerlardan undirilgan mablag`larga qancha maktab qurar ekanmiz" deb yozadi mavzu doirasida deputat Rasul Kusherbaev.

    Boshqa yangiliklar